• Bolalar kasalliklari propedevtikasi fanidan vaziyatli masalalar. O'quv qo'llanma

  • 254 | 878
  • ISBN: 978-9910-307-00-3
  • Автор: Rabbimova D.T, Shavdirova G.M
  • Язык: O'zbek
  • Тип ресурса: O'quv qo'llanma
  • Число страниц: 197
  • Издательский: ARTEX NASHR
  • Год публикации: 2026
  • Выходные данные: Samarqand

Описание книги


Mazkur o‘quv qo‘llanma bolalar kasalliklari propedevtikasi fanining asosiy nazariy qoidalari va amaliy yo‘nalishlarini kompleks tarzda qamrab oladi. Unda bolalar organizmining turli yosh bosqichlariga xos anatomo-fiziologik xususiyatlari, jismoniy hamda asab-ruhiy jihatdan rivojlanish ko‘rsatkichlari, a’zo va tizimlar zararlanishining klinik-semiotik hamda sindromologik belgilariga doir masalalar izchil yoritilgan. 
Shuningdek, qo‘llanmada homilador va emizikli ayollarning ratsional ovqatlanishini tashkil etish, turli yosh davridagi bolalarni to‘g‘ri oziqlantirish tamoyillari ham tizimli ва ilmiy-uslubiy asosda bayon qilingan.
Ushbu o‘quv qo‘llanma amaldagi davlat ta’lim standartlari va pediatriya yo‘nalishidagi o‘quv dasturlari talablariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ta’lim jarayonining mazmuni, shakli va mutaxassislikka xos jihatlari to‘liq inobatga olingan. Qo‘llanma materiallaridan amaliy mashg‘ulotlar, seminar darslari, oraliq va yakuniy nazoratlarga tayyorgarlik ko‘rishda, shuningdek, talabalar mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etishda keng foydalanish mumkin.
Mazkur qo‘llanma pediatriya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, klinik ordinatorlar, magistrlar va bolalar sog‘lig‘ini saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim uslubiy manba hisoblanadi.