Описание книги
Akusherlikda qon ketishi onalar o`limiga sabab bo`luvchi omillardan birinchi o`rinni egallashi xozirgacha global muammo bo`lib qolmokda.
Bachadondan qon ketishi, xansirash, xushdan ketish, qorinda og`rik, gipotenziya, gipertenziya, gemorragik shok Bilan bog`lik xushning buzilishi kabi simptomlarni tug`ri talqin qilishi uchun quyidagi mavzularni -NJYMIK, yo`ldoshning oldinda kelishini talabalar o`rganishi zarurdir.
Tug’ruqdan keyingi vaginal qon ketishlar bugungi kungacha o’ta dolzarb muammolardanbiri bo’lib qolmoqda. Dolzarbligi shundaki mazkur patologiya onalar o’limi strukturasi vaperinatal o’imda birinchi o’rinlardan birini egallaydi.
O’z vaqtida bu patologiyanianiqlash va birlamchi yordam ko’rsatish birlamchi zvenoda o’tirgan shifokorning vazifasigakiradi. Xomiladorlikning ikkinchi yarmida qon ketishi, ya'ni ni platsentani oldinda birikishi, NJYBK ko`p xollarda asoratlangan akusherlik va ginekologik anamnezlar, o`tqazilgan va mavjud bo`lgan EGK oqibatida kelib chiqib, o`z navbatida qon ketish bilan bogqlik bo`lgan turli asoratlarga olib keladi. Shu bois, ushbu patologiyani kelib chiqishi va olib kelishi extimoli bo`lgan asoratlarni oldini olish va samarali davolash uchun gistologiya, anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, ichki kasalliklar va gematologiya fanlari orqali olingan bilim zaxiralari muxim axamiyatga ega.