Описание книги
Homiladorlar gipertenziv buzilishlari o’z asoratlari va uchrash ko'rsatgichlari bilan akusherlik amaliyotida aktual muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Gipertenziv buzilishlar homiladorlik va tug’ruqning kechishini og’irlashtirib onalar o’limi sababi bo’yicha 2-3 o’rinda turadi. Homilaning ona qornida rivojlanishiga ta'sir qilib perinatal kasalliklar va o’lim foizining oshishiga olib keladi.
Adabiyotlardagi ma'lumotlarga ko’ra, gipertenziv buzilishlar 8-17% hollarda uchraydi . Bistritskaya T.S. 2000 y. fikrlari bo’yicha har 7-9 ta homiladordan bittasida gipertenziv buzilishlar uchraydi. ma'lumotlariga ko’ra barcha gipertenziv buzilishlar bilan kechuvchi homiladorlikning 2-8% ni homiladorlar gipertenziv buzilishlari tashkil qiladi. Bir qancha Rossiya olimlarining ma'lumotlariga ko’ra gipertenziv buzilishlar 12-17% homilador ayollarda aniqlanadi. Gipertenziya bosh miya qon aylanishining buzilishi , ko’z to’r pardasining ko’chishi.
Gipertenziv buzilishlar va platsentaning kuchishi natijasida kelib chiquvchi massiv qon ketishlarga olib keladi.