Описание книги
Darslik Psixologiya (5210200 umumiy psixologiya) (60310900 faoliyat turlari) yo nalishlari Yuridik va kriminal psixologiya" fanining baklavriyat talabalari uchun о quv dasturi asosida yozilgan. Mazkur darslikda nafaqat umumiy psixologiya va yuridik psixologiya muammolari, balki kriminal psixologiya haqida tushunchalar bayon qilingan. Jinoyat, jinoyatchi shaxsi psixologiyasi, tergov surishtiruv, sud jarayoni, dastlabki tergov, tintuv o‘tkazishning psixologik tomonlari, sobiq mahkumlami o‘rganish tinch osuda hayotga qaytarish uchun olib boriladigan tarbiyaviy ishlar ham qamrab olingan.Psixologiya mutaxassislarini tayyorlash rejasining tarkibiy qismiga talabalarni amaliy kasbiy ko‘nikmalar bilan qurollantirish kiradi. Ayniqsa, bu borada mutaxassislami ko‘p profilli faoliyati tizimiga yo naltirishda yuridik psixologiyaning o‘mi alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur fan sohasining muhim vazifalaridan biri - bo‘lg‘usi kasb egalarini sud- psixologik ekspertiza, sud ishlarida qatnashish, to‘g‘ri fikrlar berish, probatsiya tadbirlarini o‘tkazishga va oqilona xulosa chiqarishga o‘rgatish kasbiy shakllanishning zarur jabhasi bo‘lib hisoblanadi.