• Bolalarda mavsumiy allergik rinosinusitni differensiyatsiyalangan davolash taktikasi. Uslubiy tavsiyanoma

  • 900 | 502
  • Автор: Nasretdinova M.T, Jonuzokov O.K
  • Язык: O'zbek
  • Тип ресурса: Uslubiy tavsiyanoma
  • Число страниц: 20
  • Издательский: Samarqand
  • Год публикации: 2026
  • Выходные данные: Samarqand

Описание книги


Bolalarda mavsumiy allergik rinosinusitni (ARS) davolashda amaliyotda ko'p hollarda barcha bemorlarga, ularning patogenetik tipidan qat'i nazar, yagona standart sxema (intranazal glyukokortikosteroidlar va antigistamin preparatlar) tayinlanadi. Ushbu yondashuv oddiy va qulay bo'lsa-da, u kasallikning patogenetik jihatdan bir jinsli emasligini — ya'ni sistemik, lokal (entopiya) va tug'ma tipdagi sensitizatsiya mexanizmlarining farqli ekanligini — hisobga olmaydi.
Ayniqsa muammoli holat — teri allergik sinamalari manfiy natija bergan, biroq boshqa mezonlar (rinotsitogramma, nazal IgE, alarminlar) bo'yicha allergik jarayon tasdiqlangan bolalar guruhi. Amaliyotda bunday bolalar ko'pincha «allergik bo'lmagan rinit» sifatida tasniflanib, patogenetik asoslangan terapiyadan chetlashtiriladi, natijada ularda simptomlar surunkalashadi, hayot sifati pasayadi, adenoid to'qima gipertrofiyasi asossiz tarzda kuchayadi va ba'zan asossiz erta jarrohlik aralashuviga olib keladi.
Ushbu uslubiy tavsiyalar «Bolalarda mavsumiy allergik rinosinusitni tashxislash bo'yicha uslubiy tavsiyalar» nomli hujjatning mantiqiy davomi bo'lib, tashxis algoritmi natijasida aniqlangan patogenetik guruhga (1–4-guruh) qarab differensiatsiyalangan davolash taktikasini taqdim etadi.