• Parodont kasalliklari. O'quv qo'llanma. J.A.Rizayev, L.E.Xasanova. Toshkent-2023. - 264 b.

  • 384 | 985

Описание книги


Parodont to`qimasining yallig'lanish kasalliklari - gingivit va parodontit muhim tibbiy-ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Surunkali kataral gingivit va surunkali umumiy-tarqalgan parodontitda kasallikning boshlang'ich davrida klinik belgilari kam namoyon bo'luvchiyashirin ko'rinishda kechadi, bu o'z navbatida kasallikni vaqtida tashxis qoyishda qiymchdiklar tug'diradi, natijada davolash choralari ko'rish kechikadi. Shuning uchun kasallikka o'z vaqtida tashxis qo'yish va uning oqibatlarini aniqlash juda muhim hisoblanadi.
Birinchi bor ushbu o'quv qo'llanmada kasallikga tashxis qo'yish alohida mustaqil holdayoritilgan. Mualliflar tomonidan har kungi amaliyotda tashxisni to'g'ri va to'liq shakllantirish kerakligi va xuddi shu ko'rinishdagi tashxis shifokor-parodontologga har bir bemor uchun davolash chora-tadbirlarini rejalashtirish, uni amalga oshirish tartibi, xarakterini alohida tanlash kerakligi asoslab berilgan.
Qo llanma stomatologiyayo'nalishi talabalari va soha mutaxassislari uchun mo'ljallangan.