Описание книги
Hozirgi kunda exokardiografiya va koronarogrofiya tekshirishlarisiz zamonaviy kardiologiyani tasavvur qilib boʼlmaydi. Ular bilan bir qatorda, yurak qon-tomir kasalliklarini tashxislash uchun stsintigrafiya, ventrikulografiya, magnit rezonans tomografiyasi kabi boshqa qator tekshirish usullari qoʼllaniladi. Yuqorida qayd etilgan zamonaviy tekshirish usullarini amaliyotga tobora keng joriy etilishidan qatʼi nazar 150 yildan koʼproq tarixga ega boʼlgan elektrokardiografiya hamon yetakchi oʼrin egallaydi va bundan keyin ham shunday boʼlib qoladi. Bunga sabab uning barcha tibbiyot muassasalarida keng qoʼllanilishi, qulayligi, arzonligi, hammabopligi va, nihoyat, EKG yordamida yurak faoliyati toʼgʼrisida muhim maʼlumotlar olish imkoniyati mavjudligidir.