Описание книги
Monografiyada Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy markazi Samarqand filialida bolalarda tirsak boʼgʼimi sohasi siniqlari natijalarining umumlashtirilgan taxliliy maʼlumotlari keltirilgan. Kitobda bolalarda suyak siniqlari eng koʼp uchraydigan soha-tirsak sohasidagi travmalar uchrash miqdori, paydo boʼlish sabablari, tashhis qoʼyish, davolash metodlari yoritilgan. Yelka suyagi transkondilyar siniqlarini davolashda qoʼl bilan repozitsiya, Ilizarov apparati qoʼllashga eʼtibor kuchaytirilgan. Yelka suyagi metafiz, epifiz siniqlarini tashhislash, jarrohlik davolash uslublari yozilgan.