Описание книги
Etanolning havodagi aralashmasida yong’in va portlash xavfini keltirib
chiqaruvchi moddadir. Kimyoviy texnalogiyaning ko’pgina jarayonlarida asosiy
xomashyo va erituvchi sifatida ishlatiladigan etil spirti konsentrasiyasi asosiy nazorat qilinadigan parametr hisoblanadi. U havo bilan aralashganda portlashi mumkin. Shuning uchun, yopiq ekologik sistemalar havosi muhitida etanol paydo
bo’lganda yong’in va portlash xavfi yuzaga keladi.
Etil spirti eng ko’p tarqalgan psixo-aktiv moddalardan biri hisoblanadi va uni meyoridan ortiq iste’mol qilish o’ta zararlidir. Nafasdagi etanol miqdori, tibbiy
muassasalar va YP xizmatida iste’mol qilingan etanol miqdorini ko’rsatuvchi
dalildir. Shu sababli gaz muhitidan etanol konsentrasiyasining nazorati, texnika
xavfsizligining muhim masalalaridan bo’lib, turli ekologik va tibbiy munozaralarning yechimidir. Amaliyotda etanol monitoringida eng ko’p kimyoviy, gazoxromatografik va termokatalitik usullar qo’llaniladi.