• Etil spirtini aniqlovchi yarimo'tkazgichli sensor

  • 786 | 191
  • ISBN: 978-66-30-14392-8
  • Muallif: Eshkobilova M.E, Murodova Z.B, Abduraxmanov E
  • Til: O'zbek
  • Resurs turi: O'quv qo'llanma
  • Betlar soni: 81
  • Nashriyot: Globe Edit
  • Chop etilgan yili: 2026
  • Chiqish ma’lumotlari: Samarqand

Kitob ta'rifi


Etanolning havodagi aralashmasida yong’in va portlash xavfini keltirib 
chiqaruvchi moddadir. Kimyoviy texnalogiyaning ko’pgina jarayonlarida asosiy 
xomashyo va erituvchi sifatida ishlatiladigan etil spirti konsentrasiyasi asosiy nazorat qilinadigan parametr hisoblanadi. U havo bilan aralashganda portlashi mumkin. Shuning uchun, yopiq ekologik sistemalar havosi muhitida etanol paydo 
bo’lganda yong’in va portlash xavfi yuzaga keladi.  
 Etil spirti eng ko’p tarqalgan psixo-aktiv moddalardan biri hisoblanadi va uni meyoridan ortiq iste’mol qilish o’ta zararlidir. Nafasdagi etanol miqdori, tibbiy 
muassasalar va YP xizmatida iste’mol qilingan etanol miqdorini ko’rsatuvchi 
dalildir. Shu sababli gaz muhitidan etanol konsentrasiyasining nazorati, texnika 
xavfsizligining muhim masalalaridan bo’lib, turli ekologik va tibbiy munozaralarning yechimidir. Amaliyotda etanol monitoringida eng ko’p kimyoviy, gazoxromatografik va termokatalitik usullar qo’llaniladi.