Ilmiy–uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi


  Bo‘limdagi barcha xodimlar ishiga rahbarlik qiladi,  xizmatlariga doir ma’lumotlarni kitobxonlarga yetkazadi.

  Bo‘lim jamg‘armasi va ko‘rsatiladigan axborot xizmat turlarini targ‘ibot qiladi.

  Xizmat ko‘rsatish madaniyatini ko‘tarish, kitobxonlarga kerakli asarlar hujjatlarni tanlashda yordam berish, kartoteka va kataloglardan foydalanish xaqida og‘zaki maslaxat beradi, kitob ko‘rgazmalarini tashkil etish, biblografik sharhlar o‘tkazadi.

  ARMga barcha ilmiy, ilmiy texnik va boshqa sohalarga tegishli bo‘lgan elektron axborot resurslarini jalb etish, jamlash va kitobxonlarga yetkazilishini ta’minlaydi.

  Viloyatda Axborot-resurs markazi xizmati ko‘rsatilishi holatini o‘rganadi, ARMda kutubxona xizmati ko‘rsatish yagona ish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etadi, uning bajarilishi yuzasidan nazorat yuritadi.

  Axborot-resurs markazining mavjud bo‘limlariga hamda tarmoq bo‘linmalariga amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyatlarini tashkil etish va muvofiqlashtirib boradi.

  Boshqa Axborot-resurs markazlari bilan uslubiy ishlarni muvofiqlashtirib turadi, ARM uchun yagona uslubiy ishlar rejasini tuzadi.

  Innovatsion kutubxonachilik ish tajribalarini aniqlaydi, yosh mutaxasislarga maslahatlar bilan amaliy yordam ko‘rsatadi.

  Kutubxonachilik va axborot ishlari asoslari bo‘yicha ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar-treninglar o‘tkazishni rejalashtiradi.

  Eng yaxshi Axborot-resurs markazi kutubxonachisi tanlov mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejasini tuzadi.

  Tanlovlar, bahs-munozara, davra suhbati, stajirovkalar, ish o‘yinlari o‘tkazadi.

  Shaxsning axborot olish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

  Faoliyatga doir axborotni izlash, unga ishlov berish, taqdim etishning yangi texnik vositalarini jalb qiladi

  Axborotni hisobga olish va unga ishlov berish va sistemalashtirishning kutubxonachilik-bibliografik vositalarini avtomatlashtirishda amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi.

  Xizmat ko‘rsatish metodlarini takomillashtirish, qulayliklarni, kutubxonachilik xizmatlari va mahsulotlarini hamma uchun ochiqligini ta’minlaydi.

  Bo‘lim xodimlarini ishlab chiqarish va mehnat intizomlariga, mehnatni muhofaza   qilish, texnika xavfsizligi va yong‘indan himoyalanish qonun qoidalariga rioya etishlarini   nazorat qilib boradi.

  Milliy kutubxona huzuridagi o‘quv-maslaxat kurslarida va mintaqaviy axborot-kutubxona markazlarida axborot-kutubxona muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish.