Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi


  Axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirish, axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirish doirasida, shu jumladan axborot resurslarini almashtirish va o‘zaro foydalanish borasida ular bilan samarali o‘zaro hamkorlikni ta’minlashni tashkil qiladi;

  Aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlarini, shakl va metodlarini takomillashtirish, maxsus dasturiy komplekslarni joriy etadi, elektron axborot-ma’lumot xizmatlar yaratadi, zamonaviy kompyuter vositalaridan va ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini ta’minlashni tashkil qilish;

  Axborot-kutubxona sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyatini, shu jumladan tadqiqot ishlarini o‘tkazishni hamda innovatsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarishni, kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohasida metodik qo‘llanmalar hamda tavsiyalar tayyorlashni amalga oshirish va muvofiqlashtirish;

  Xorijiy axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, axborot markazlari bilan ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va joriy etish bo‘yicha xalqaro kutubxonalararo axborot almashuvlarni rivojlantirish, xalqaro kutubxona anjumanlari va tashkilotlarida qatnashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish;

  Kutubxona xizmatlariga doir xorijiy adabiyotlar ma’lumotlarini kitobxonlarga yetkazadi;

  Kutubxona jamg‘armasidagi adabiyotlar va ko‘rsatilgan axborot xizmat turlarini targ‘ibot qiladi;

  Xizmat ko‘rsatish madaniyatini ko‘tarib o‘qituvchilarga kerakli asarlar va hujjatlarni tanlashda yordam beradi, kartoteka va kataloglardan foydalanish xaqida og‘zaki maslaxat beradi, xorijiy adabiyotlar ko‘rgazmalarini tashkil etadi, bibliografik sharhlar o‘tkazadi.

  ARMga barcha ilmiy, ilmiy texnik va boshqa sohalarga tegishli bo‘lgan elektron axborot resurslarini jalb etish, jamlash va kitobxonlarga yetkazilishini ta’minlaydi;

  Xorijiy bo‘lim fondida saklanayotgan adabiyotlar va xujjatlarga javobgarligini ta’minlaydi;

  Bibliografik jarayonlar va talabalarga xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘taradi;

  Foydalanuvchilarga tarkatilgan kitoblar va boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida kutubxonaga qaytarishni muntazam nazorat qilb boradi.