Axborot resurs markazidan foydalanish qoidalari


  Foydalanuvchilar ARM fondidan istalgan hujjatlarni vaqtincha foydalanish uchun olish, shuningdek, mintaqaning AKMdan va boshqa kutubxonalardan hujjatlarning bosma yoki elektron nusxalarini hujjatlarni elektron vositasida yetkazib berish tizimi orqali buyurtma qilish va olish;

  Foydalanuvchilar ARMga a’zo bo‘lish uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani, pasportini yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni, zarur miqdordagi fotosuratlarini taqdim etadilar hamda kitobxon biletini va  ro‘yxatdan o‘tkazish varaqasini rasmiylashtirish uchun ma’lumotlar beradilar.

  Foydalanuvchilarga biryo‘la foydalanish uchun beriladigan hujjatlar soni ARM tomonidan yakka holda tartibga solinadi.

  Noyob va qimmatli nashrlar hamda hujjatlar, shuningdek e’lon qilinmagan materiallar foydalanuvchilarga belgilangan tartibda beriladi.

  Foydalanuvchilar ARMdan olingan adabiyotlarini, hujjatlarni va boshqa materiallarni ehtiyot qilishi shart.

  Foydalanuvchi hujjatlar va materiallarni olishda ularni ko‘zdan kechirishi va ularda biron-bir nuqson borligi aniqlanganda bu to‘g‘rida ARM xodimiga ma’lum qilishi kerak.

  ARM fondiga zarar yetkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy, jinoiy yoki boshqacha tarzda javob beradilar.

  ARM fondidan olingan hujjat va materiallarni yo‘qotgan yoxud ularga tiklab bo‘ladigan darajada ziyon yetkazgan foydalanuvchilar ularni tegishli ravishda xuddi shunday tomonidan teng qimmatli deb e’tirof etilgan (shu jumladan nusxalari bilan) hujjatlar va materiallar bilan almashtirishi, almashtirish  mumkin bo‘lmagan taqdirda ularning qiymatini bir necha baravar miqdorda to‘lashi shart. Qiymatining necha baravar miqdorda to‘lanishi ARM mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidan, yo‘qotilgan yoki yaroqsizlantirilgan hujjatning qiymatidan kelib chiqqan holda hamda amaldagi tartibga soluvchi hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

  ARMdan foydalanish qoidalarini buzgani uchun foydalanuvchilar ARMdan foydalanish huquqidan ARM ma’muriyati tomonidan belgilangan muddatga mahrum qilinishi mumkin.