Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi


  Kutubxona xizmatlariga doir ma’lumotlarni kitobxonlarga yetkazadi;

  Kutubxona jamg‘armasidagi adabiyotlar va ko‘rsatilgan axborot xizmat turlarini targ‘ibot qiladi;

  Xizmat ko‘rsatish madaniyatini ko‘tarish, o‘qituvchilarga kerakli asarlar va hujjatlarni tanlashda yordam berish, kartoteka va kataloglardan foydalanish xaqida og‘zaki maslaxat berish, kitob ko‘rgazmalarini tashkil etish, bibliografik sharxlar o‘tkazish, kafedralar kunlarini va boshqa ishlarini amalga oshiradi;

  ARMga barcha ilmiy, ilmiy texnik va boshqa sohalarga tegishli bo‘lgan elektron axborot resurslarini jalb etish, jamlash va kitobxonlarga yetkazilishini ta’minlaydi;

  Zaxira bo‘limi fondini yuritish hisobini olib boradi;

  Zaxira fondini saqlash masalalari, adabiyotlarni kayta taqsimlashni tashkillashtiradi va javob beradi;

  ARMning kitob fondini o‘rganish, mazmunan eskirgan, tuzigan adabiyotlarni aniqlash va      ularni hisobdan chiqarishni rasmiylashtiradi;

  Hisobga olish hujjatlarning to‘liqligi va ishonchliligi, fondga kelib tushgan va undan      chiqib ketgan har bir xujjatning xujjatlashtirilganligini ta’minlaydi;

  Zaxira fondida saklanayotgan nayob nusxali adabiyotlar va xujjatlarga javobgarligini ta’minlaydi;

  Zaxira fondi yozma va rakamli xisobot berishni ta’minlaydi;

  Zamonaviy usullar va texnologiyalar asosida nodir va alohida qimmatga ega bo‘lgan nashrlarni saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirilishini ta’minlash;

  ARM fondiga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan xujjatlarning belgilangan hisobga olish birliklarida jamlama va yakka tartibda hisobga olishni amalga oshiradi;

  Bibliografik jarayonlar va talabalarga xizmat ko‘rsatish darajasini ko‘taradi;

  Foydalanuvchilarga tarkatilgan kitoblar va boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida kutubxonaga qaytarishni muntazam nazorat qilb boradi.