Book description
Narkologiya-alkogolizm, narkomaniya va toksikomaniya kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, tarqalishi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullarini, ijtimoiy aspektlarini yani reabilitatsiya masalalarini o`rganuvchi tibbiy fandir. Alkogolizm ijtimoiy ma`noda jamiyat farovonligiga va insonlarning sog`lig`iga, turmushiga, mehnatiga putur yetkazuvchi nome`yoriy spirtli ichimliklarni ichish tushuniladi. Tibbiy ma`noda alkogolizm-bu organizmning ichki organlarida va tizimlaridagi o`zgarishlar, aniq ruhiy buzilishlar bilan boradigan, spirtli ichimliklarga qaramlikning rivojlanishi bilan o`tadigan, doimiy alkogol iste`mol qilish natijasida yuzaga keluvchi surunkali kasallik hisoblanadi.