Elektron axborot resurslari bo‘limi


  Markazdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to‘g‘ri ishlashini nazorat qiladi;

  Kompyuterlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazib turish va ta’mirlash ishlarini tashkil qiladi;

  Markaz kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib boradi;

  Markazda e-library.sammi.uz saytini yangilash va to‘lldirish, t.me/sammiarm telegramm kanalini yangi adabiyotlar bilan to‘ldirish bo‘yicha xizmatlarini talab darajasida ishlashini nazorat qilib borish, xabar va yangiliklarni o‘z vaqtida qabul qilinishi va tarqatilishini nazorat qiladi;

  Fondni  Internet tarmog‘i axborot resurslari, boshqa muassasalar va tashkilotlarning  ma’lumotlar bazalari bilan to‘ldiradi.

  Tizim bo‘linmalarining foydalanuvchilariga ko‘rsatayotgan xizmatlari bo‘yicha ishlarini nazorat kiladi, adabiyotlardan foydalanish, kitob targ‘ibotining turli usul va shakllarini amalda ko‘llash ishlarida, kompyuter savodxonligini axborot qidirish ko‘nikmalarini o‘rganishda foydalanuvchilarga yordam ko‘rsatadi;

  Bo‘limning abonement, o‘quv zallari va maxsuslashtirilgan bo‘linmalarining ishlarini tartibga solib, yordam berib boradi;

  Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda bevosita ishtirok etadi;

  Kutubxonachilik fondiga kelib tushayotgan va undan chiqib ketayotgan hujjatlarning belgilangan hisobga olish birliklarida jamlama va yakka tartibda hisobga olishni amalga oshiradi.

  Hisobga olish hujjatlarini uzoq muddat saqlash va ochish imkonini beradigan elektron tashuvchilarda kompyuter shaklida jamlama va yakka tartibda hisobga olishni ta’minlaydi.

  Hisobga olish hujjatlarida audiovizual, elektron nashrlarni aks ettiradi.

  O‘z vaqtida profilaktik tadbirlar o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.