Book description
Darslikda gistologiya, sitologiya va embriologiya asoslari bo’yicha zamonaviy ma’lumotlar keltirilgan. Unda ma’lum ketma-ketlikda hujayra biologiyasi, umumiy va xususiy gistologiya hamda odam embrional taraqqiyotning asoslari yoritilgan. Amaliy tibbiyot vazifalaridan kelib chiqqan holda, darslikning barcha bo’limlarida o’ganiladigan strukturalarga funksional yondashishga va ularning tibbiyot uchun ahamiyatga alohida e’tibor qaratilgan. Darslik berilgan nazariy materialni o’zlashtirishni ancha yengillashtiruvchi rasmlar va sxemalar bilan jihozlangan. Darslikning mazmuni O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan umumiy amaliyot shifokorlari uchun gistologiya, sitologiya va embriologiya fanidan tasdiqlangan fan dasturiga to’la mos keladi.