Book description
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1989—2016 yillar davomidagi siyosiy faoliyati xronikasi aks ettirilgan ushbu kitob bilan tanishar ekanmiz, davlat raxbarining ko'p qirrali faoliyati misolida Vatanimizning istiklol tarixi, taraqqiyot yo'li butun murakkabligi, barcha sinov va mashaqqatlari bilan ko'z o'ngimizda yaqqol namoyon bo'ladi.
To'plamdan o'rin olgan maʼlumot va axborotlar yurtimizda mustaqil, erkin va demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish, keng ko'lamli siyosiy va iqtisodiy islohotlar, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya kilish jarayonlarini amalga oshirish, maʼnaviy qadryatlarimiz , dinu diyonatimizni tiklash, inson huquqi va erkinliklarini qaror toptirish, tinch-osoyishta xayotni asrash, yurtimizni dunyoga tanitish, ilm-fan, taʼlim,, madaniyat, sport va boshqa ko'plab sohalarda xalqimizning fidokorona mexnati, Birinchi Prezidentimizning siyosiy irodasi, qatʼiyat va matonati bilan erishilgan yuksak marralaradda atroflicha tasavvur uyg'otishga xizmat qiladi.