Book description
Muxtaram kitobxon! E'tiboringizga Toshkent tibbiyot akademiyasining professor-o'kituvchilari tomonidan akademik Sh.I. Karimov raxbarligida tayyor- langan «Sog'lom ovqatlanish - salomatlik ilmiy-ommabop kitobini tavsiya etmoqdamiz. Mazkur kitobda sog'lom kishilar va aholi o'rtasida keng tarqalgan kasalliklarda parxez ovkatlanishning ijobiy va samarali tomonlari yoritilgan. Shuningdek, Respublikam izd a ^sadigan va keng isteʼmol kilinadigan ozik-ovqatlarning quvvat birliklari, turli xil parxezbop taomlar va pishiriqlar tug'risida maʼlumotlar berilgan. Kitob keng xalq ommasiga mo'ljallab yozilgan. Keltirilgan maʼlumotlar bilan chuqur tanishib, bayon etilgan tavsiyalarga amal qilsangiz o'zingiz va yaqinlaringizda kasalliklarning oldini olish imkoni- yatiga ega bo'lasiz, deb umid qilamiz.