Book description
Muayyan tilning rivojlanishi jarayonida uning lug’aviy tarkibi, jumladan, terminologiyasi boshqa sohalarga qaraganda tez, sezilarli, jiddiy o’zgarishlarga uchraydi. Buning obyektiv sabablari bor, albatta. Ijtimoiy-siyosiy terminologiyadagi taraqqiyot, o’zgarishlar ham yangi lug’aviy birliklarning paydo bo’lishi va ayrim lug’aviy birliklarning iste’moldan chiqishi, so’zlarning yangi ma’nolar kasb etishi va ayrim ma’nolarining yo’qolishi kabi hodisalardan iborat bo’ladi. Bunday o’zgarishlar tegishli lug’atlarda aks ettirilgandagina ularning salmog’i, ko’lami yaqqol namoyon bo’ladi. Ijtimoiy-siyosiy terminlar bo’yicha bir qator terminologik lug’atlar tuzilgan bo’lsada, ular, birinchidan, izohli lug’at emas, ikkinchidan, ancha eskirgan. Qo’lingizdagi 4400 ga yaqin ijtimoiy-siyosiy termin va terminologik birikmalar jamlangan “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug’ati” ushbu bo’shliqni bir qadar to’ldirish maqsadida tuzilgan.Muayyan tilning rivojlanishi jarayonida uning lug’aviy tarkibi, jumladan, terminologiyasi boshqa sohalarga qaraganda tez, sezilarli, jiddiy o’zgarishlarga uchraydi. Buning obyektiv sabablari bor, albatta. Ijtimoiy-siyosiy terminologiyadagi taraqqiyot, o’zgarishlar ham yangi lug’aviy birliklarning paydo bo’lishi va ayrim lug’aviy birliklarning iste’moldan chiqishi, so’zlarning yangi ma’nolar kasb etishi va ayrim ma’nolarining yo’qolishi kabi hodisalardan iborat bo’ladi. Bunday o’zgarishlar tegishli lug’atlarda aks ettirilgandagina ularning salmog’i, ko’lami yaqqol namoyon bo’ladi. Ijtimoiy-siyosiy terminlar bo’yicha bir qator terminologik lug’atlar tuzilgan bo’lsada, ular, birinchidan, izohli lug’at emas, ikkinchidan, ancha eskirgan. Qo’lingizdagi 4400 ga yaqin ijtimoiy-siyosiy termin va terminologik birikmalar jamlangan “Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug’ati” ushbu bo’shliqni bir qadar to’ldirish maqsadida tuzilgan.