Book description
Mazkur “Toksikologik kimyo” darsligi farmatsevtika va tibbiyot institutlarining farmatsevtika fakultetlarida tahsil olayotgan talabalarning toksikologik kimyo fanidan mashg`ulotlar olib borish uchun yozilgan. Darslik O`zbekiston Respublikasi Davlat ta`lim standartining farmatsiya yo`nalishiga oid bo`lib, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tasdiqlagan o`quv rejasiga va ayni fan dasturiga mos keladi. Unda zaharli moddalarni har xil biologik obyekt tarkibidan ajratish, tozalash, ularning sifatini ayrim hollarda miqdorini aniqlashning asosiy usullari ko`rsatilgan. Shuningdek, toksikologik kimyo laboratoriyalarida ishlatiladigan kimyo reaktivlar tozaligini tekshirish usullari to`g`risida ham ma`lumotlar berilgan.