Book description
Farmakologiya fani o`quv rejada paraklinik fanlar 2-blokiga kiritilgan bo`lib, unga 206 soat ajratilgan. U to`rt bo`limdan: kirish, umumiy va xususiy farmakologiya va umumiy retsepturadan iborat. Xususiy farmakologiya 12 ta bobdan iborat bo`lib, unda dori guruhlariga umumiy xarakteristika, tasnifi, asosiy dori vositalarining xossalari, qo`llashga ko`rsatmalar, ularni qo`llash mumkin bo`lmagan holatlar yoritilgan. Darslik amaliyotda uchraydigan xastaliklarning farmakoterapiyasi asoslarini o`zlashtirishga qaratilgan. Darslikdan tibbiyot institutlarining nafaqat bakalavr talabalari, balki magistrlari hamda shifokorlar, yangi dori yaratish va uni qo`llash bo`yicha faoliyat ko`rsatuvchi ilmiy xodimlar ham foydalanishlari mumkin.