Book description
Biokimyoviy atamalarining izohli lug`ati o`quv qo`llanmasi tibbiyot yo`nalishidagi OTMlarning harakatdagi namunaviy Dasturda tavsiya qilingan darsliklaridan foydalanilgan asosiy qismini qamrab olgan bo`lib, nazariy tibbiyotning zamini asoslaridan bo`lgan talabalar qiynaladigan fanlardan biri bo`lgan Biologik kimyoni o`rganishda samarali yordam beradi. Talabalar tomonidan biokimyoviy atamalani ongli tushunib izohlay bilish va ularni charxlashda o`zbekcha muqobil so`zlarni topa bilish va ularning ruscha, inglizcha yozilishi va o`qilishini bilish talabalarning ilm va til bilish saviyasini oshirishga yordam beradi. Qo`llanma biologiya va kimyo fakultetlari bo`lgan OTMlarning talabalari va shu fan qiziquvchilar uchun ham foydalansa bo`ladi.