Book description
O’zbekiston xalqi: inson huquqlariga va davlat suvereniteti g’oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak ma’sulyatini anglagan holda, o’zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalar ustunligini tan olgan holda, Respublika fuqorolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko’zlab, fuqorolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida, o’zining muxtor vakillari siymosida O’zbekiston Respublikasining mazkur Konstitutsiyasini qabul qiladi.