Book description
Tug’ma diafragma churrasi (TDCH) har 2000-2500 yangi tug'ilgan chaqaloqdan bittasida aniqlanadi [52,59]. TDCh da mavjud bo'lgan o'pka gipoplaziyasi nafaqat patalogik rivojlangan, hatto normal rivojlangan o'pkalarda ham, nafas olish yetishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin [97, 98, 5].
TDCh bilan kasallangan bolalarning taxminan 36% holatida o’tkazilayotgan reanimatsiya chora-tadbirlariga qaramay yangi tug'ilgan chaqaloqlar o’pkalarida tez rivojlanuvchi nafas yetishmovchiligi oqibatida ularning vafot etish holatlari kuzatiladi [105]).