Book description
Onkologiya fanidan darslik barcha tibbiyot institutlari va tibbiyot universiteti talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, u onkologiyaning umumiy asoslari va onkologiyaning xususiy asoslaridan iborat 2 ta katta qismni o’z ichiga oladi.
Onkologiyaning umumiy qismida onkologiya fani haqida, uni tarixi va hozirgi zamon onkologiyasi haqida to’liq to`xtalib o’tilgan. Bundan tashqari onkologiyaning qadimgi davrdagi va oxirgi 100 yillik taraqqiyoti haqida batafsil yoritib berilgan. Ushbu qismda xavfli o’sma kasalliklarini aynan bizning regionimizda tarqalganlik darajasi-epidemiologiyasi, xavfli o ’smalami keltirib chiqaruvchi sabablar haqida batafsil to'xtalib o’tilgan. Bundan tashqari xavfli o ’sma kasalliklarini zamonaviy diagnostik usullari, jumladan morfologik, immunologik va immunogistoximik usullar to`liq yoritilib berilgan.
Xavfli o ’sma kasalliklarini hozirgi zamon standartlari asosida davolash usullari haqida, target terapiyasi, immunoterapiya va garmonoterapiya haqida tuxtalib o’tilgan.