• OIV INFEKTSIYASI BO'LGAN BEMORLARDA LYAMBLIOZ KECHISHINING KLINIK VA LABORATOR XUSUSIYATLARI

  • 1689 | 111
  • Author: VAXOBOVA NILUFAR SHAXOBIDINOVNA
  • Lang: o`zbek
  • Writing: lotin
  • Resource type: Dissertatsiya
  • Number of pages: 70
  • Number: 1
  • Year of publication: 2023
  • Published: Samarqand
  • UDC: 616.98.993-161.22.071

Book description


Tadqiqotning dolzarbligi. Dunyoda 40 yil aniqlangan OIV infeksiyasining pandemiyasi va mamlakatimizda 20 yil oldingi epidemiya hanuzgacha nafaqat yuqumli patologiyalar strukturasida balki butun tibbiyot olamida dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. 2017-yilda O`zbekistonda taxminan 1900 kishi  OIV infeksiyasi bilan vafot etgan va unga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning ahamiyati kattadir. [Pokrovskiy V. V. 2018; Bulankov Y. I., 2009; Lioznov D. A. va boshq., 2015; Belyakov N. A., Rassoxin V. V., 2019;].
OIV infektsiyasi zamonaviy infektologiyaning yechimini kutayotgan asosiy muammolaridan biridir. Ushbu kasallik zamonaviy davrning eng ommaviy infektsiyasi bo'lib, hamma joyda keng tarqalgan va hozirda dunyoning barcha mamlakatlarida rasmiy ravishda ro'yxatdan o'tgan (Onishchenko G. G., 2006, Pokrovskiy V.V. va hammuallif. 2009, Stiven J.H. 2020, Centers for Disease Control, AQSh 2018)