Book description
Har tomonlama barkamol yangi avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish davlatimizning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biridir. Masalaga shu nuqtayi nazardan qaraladigan bo‘lsa, yoshlar ta’lim-tarbiyasida bola-lar adabiyoti yetakchi o‘rinda turadi. „Bolalar adabiyoti“ majmuasi hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib, pedagogik yo‘nalishdagi kasb-hunar kollejlari uchun chop etilgan „Bolalar adabiyoti“ darsligi asosida tuzilgan.
Unda bolalar folklori, hozirgi zamon bolalar adabiyotining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, bosib o‘tgan yo‘li atroflicha tahlil qilinadi.