Book description
Biologiya — hayot haqidagi fan bo‘lib, yunoncha “bios” — hayot, “logos” — ta'limot (fan) degan ma'noni anglatadi.
Biologiya atamasi 1802- yilda fransuz olimi J.B.Lamark va nemis oli-mi G. R. Treviranus tomonidan fanga kiritilgan. Biologiya hayot, uning shakllari, tuzilishi, rivojlanish qonuniyatlari to‘g‘risidagi fandir.
Biologiyaning o‘rganish obyekti bu — viruslar, mikroorganizmlar, zamburug‘lar, o‘simliklar, hayvonlar, odamlar, ularning organ, to‘qima, hujayra tarkibi, hujayralarda kechadigan jarayonlar hamda organizmning shaxsiy va tarixiy rivojlanishi, hamjamoalari, ularning o‘zaro anorganik tabiat bilan aloqasi hisoblanadi.