Book description
Meditsina bilan jismoniy tarbiyaning bog'liqligining tarixi juda uzoq o'tmishlarga borib taqaladi. Juda qadim zamonlardan boshlab shifokorlar jismoniy tarbiya mashqlari elementlaridan davolashda foydalanishgan. Qadimgi Rimda shifokorlar gladiatorlar maktabida ishlashgan, bular birinchi tibbiy nazorat vrachlari bo'lishgan. Bizning eramizdan 3000 yil avval hind va Xitoy shifokorlari manbalarida davolashda gimnastik mashqlardan foydalanganliklari to'g'risida ma'lumotlar mavjud. Jismoniy mashqlarni mohiyatini eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashagan yunon faylasufi, vrachi Gippokrat mashqlarni mohiyatini yuqori baholagan.