Book description
Bankda ishlayotgan koʼhlikkina juvon — Laylo kredit masalasida jinoiy ishga qoʼl uradi. Bir xatosi yetmagandek ikkinchi xatoga ham yoʼl qoʼyadi: eri bilan ajrashib, uch yoshli oʼgʼlini yetaklaydi-da, Turkiyaga junaydi. Shu yoʼl bilan xorijdan halovat, baxt, omad topmoqchi edi. Biroq taqdir charxpalagi teskari aylanadi. Istanbulda asli samarqandlik boʼlgan Dildora ismli ayol kutib olishi kerak edi. Uning sharti — Laylo yolgʼiz kelishi kerak, oʼgʼli esa hisobda yoʼq... Аzamat Qorjovovning “Musofir goʼdak qismati” qissasida onasining xatolari tufayli boshiga misli koʼrilmagan ogʼir sarguzashtlar tushgan uch yoshli bolakayning chet ellardagi sarson-sargardonlikda kechgan kunlari tasvirlangan. I kitobga mazkur qissaning birinchi qismi kiritilgan.