Book description
Ilgʼor fikrli turk ijodkorlarining maʼnaviy izdoshi, turk adabiyotining yetakchi vakillaridan biri Rashod Nuri Guntekin "oltin davr" deb atash mumkin boʼlgan XIX asr ikkinchi yarmi va XX birinchi yarmida ijod qilgan. Bu davr turk adabiyotida katta oʼzgarishlar roʼy berdi. Аdiblar oʼzlarining asarlarida oddiy xalq hayotini, mamlakat oldida turgan muhim muammolarni birinchi navbatda aks ettira boshladilar. Mashhur turk adibi Rashod Nuri Guntekinning qoʼldan qoʼymay mutolaa qiladigan mazkur “Choliqushi” romanida turk qishloqlarining yorqin manzaralari, asar qahramonlarining hayoti, saguzashtlari tasvirlangan. Turk tilidan Mirzakalon Ismoiliy tarjima qilgan.