Book description
"Yuz-jag kasalliklari va jarohatlari" o'quv qo'llanmasi stomatologiya yo'nalishi talabalari uchun muhim ilmiy va anialiy qo'llanma sifatida o'zining yuqori sifati va keng qamrovli yondashuvi hilan ajralib turadi. Ushbu qo'llanma 60910100 Stomatologiya (yo'nalishlar bo’yicha) ta'lim dasturining 4-kurs, 8-semestr talabalari uchun maxsus ishlab chiqilgan bo'lib, kredit-modul tizimida 5 kredit (180 soat) hajmda o'qitiladigan fan doirasida muhim o'rin tutadi.
Qo'llanma nafaqat o'quv dasturining talablariga to'liq javob beradi. balki xalqaro tibbiyot amaliyotidagi so'nggi yutuqlami aks ettirib, talabalarni global standarilarga tayyorlashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi.
O’quv qo'llanmaning asosiy afzalliklaridan biri uning yuz-jag' sohasi kasalliklari va jarohatlarining barcha muhim jihatlarini qamrab olgan 14 ta mavzudan iborat tuzilishidir. Har bir mavzu klinik ко'finish, etiologiya, patogenez, qiyosiy tashxislash algoritmlari va zamonaviy davolash usullarini batafsil yoritadi.