Book description
Harbiy-dala jarrohligi fani jangovar to’qnashuvlarda jarohatlarning etiopatogenezi, klinikasi,diaginostikasi, tibbiy evakuatsiya bosqichlarida tegishli jarrohlik yordamini amalga oshirish, davolash usullarini o‘rgatadi.
Harbiy-dala jarrohligi faning asoslarini anglash uchun uning rivojlanishiga tegishli ma’lumotlardan ham xabardor bo’lish zarurati mavjud. Harbiy-dala jarrohligi fanining asoslarini o’rganish boshqa barcha jarrohlik fanlarini o’qib o’zlashtirish singari zarur va shartdir.
Yigirma birinchi asrning birinchi choragida ham urush va harbiy to’qnashuvlar davom etayotgani ushbu fanni muikammal o’rganishni taqozo etmoqda. Bugungi kundagi urushlarda qo‘llaniladigan qurollarning murakkablashtirilishi, o’ta xavfli texnikaviy vositalarning urushda qoTlanilish ko’lamining kengayib borishi talabalarning harbiy-dala jarrohligi fani asoslarini mukammal o’rganishlarini ta’minlash maqsadida yangi darsliklar yaratishni taqozo etmoqda.