• Parazitalogiya

  • 896 | 882
  • ISBN: 978-985-550-701-8
  • Author: Maxmudova L.B, Bakirov A.A, Mamatqulov T.T, Ibragimov P.S, Mamedov S.N
  • Lang: O'zbek
  • Resource type: O'quv qo'llanma
  • Number of pages: 134
  • Publishing: BUKHARA HAMD PRINT
  • Year of publication: 2025
  • Published: Samarqand

Book description


Aholi salomatligiga ta’sir etuvchi muhim omillardan biri — ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liq kasalliklardir. Ularga, jumladan, protozoonozlar va gelmintozlar kiradi, hamda ular parazitar kasalliklarning qariyb 99 foizini tashkil etadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda parazitar hayot tarziga ega bo‘lgan 50 mingdan ortiq organizmlar mavjud. Shulardan 340 dan ziyod turi gelmintlarga, 18 dan ortig‘i esa protozoalarga mansub bir hujayrali hayvonlardir. Ular insonlarda turli parazitar kasalliklarni keltirib chiqaradi va bu kasalliklar bilan zararlanganlar soni dunyo bo‘yicha 2 milliard kishiga yetgan. Bolalik davrida parazitlar bilan zararlanish natijasida ovqat hazm qilish jarayonining surunkali buzilishi, oshqozon-ichak tizimi disfunksiyasi, intoksikatsiya, organizmning sensibilizatsiyasi va immun tizimining susayishi kuzatiladi. Umuman olganda, parazitlarning asosiy patologik ta’siri ularning inson immun tizimiga modulyatsion ta’sir ko‘rsatish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. 
Eozinofiliya, IgE giperproduksiyasi, semiz hujayralardan mediatorlar ajralishi, shilliq gipersekresiyasi va interleykinlar sintezi parazitlarga qarshi organizmning himoya reaksiyasining asosiy mexanizmlaridan hisoblanadi.