Book description
Mazkur “Boshlang’ich sinflarda adabiyotni o’qitish metodikasi” darsligi uzluksiz ta’limning dastlabki bosqichidagi adabiy ta’lim bo’yicha amaldagi o’quv rejasi asosida tuzilgan dastur mazmuniga muvofiq yaratilgan. Unda boshlang’ich sinflar o’qituvchilarini tayyorlashda quyi sinflar o’qish darslari misolida adabiyot o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari va eng dolzarb muommalari bugungi kun talablari nuqtai nazaridan yoritib berilgan. Darslik oliy o’quv yurtlari pedagogika fakultetlari boshlang’ich sinflar o’qituvchilari tayyorlash bo’limining talabalariga mo’ljallangan.