Book description
Ushbu o’quv-uslubiy tavsiyanoma stomatologiya va davolash fakulteti talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda tishlar qattiq to’qimalarining kariesi va nokarioz zararlanishlari patologik anatomiyasi, morfologik ko’rinishlari, asorati, oqibatlari va davolashga doir ma’lumotlar keltirilgan. Tishlar qattiq to’qimalarining kariesi va nokarioz zararlanishlari paytida organ va to’qimalarda sodir bo’ladigan morfologik o’zgarishlarni va davolash choralarini o’rganishda stomatologiya fakulteti talabalari bilishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni shakllantirishida yaqindan yordam beradi. Yuqoridagilarni xisobga olib ushbu o’quv-uslubiy ko’rsatma stomatologiya va davolash fakulteti 4-5– kurs talabalari uchun foydali deb xisoblaymiz.