Book description
Fetoplatsentar yetishmovchilik — platsenta tomonidan homilani kislorod va oziqa moddalari bilan yetarli ta 'minlay olmaslik holati bo ‘lib, u homilaning bachadon ichida rivojlanishining kechikishi, preeklampsiya, shuningdek, intrauterin o ‘lim kabi og'ir asoratlami keltirib chiqarishi mumkin. Tadqiqotda ferraptoz jarayoni, y a ’ni temir almashinuvi buzilishi va lipid peroksidlanish bilan bog'liq tartibga solinadigan hujayra о‘limi о ‘rganilgan. Platsenta to ‘qimalarida ferraptozning faollashuvi hujayra metabolizmi buzilishiga olib kelishi aniqlangan. Qo‘llanma tarkibida fetoplatsentar yetishmovchilikni tashxislashdafoydalaniladigan klinik, laborator va instrumental usullar, temir almashinuvi ко 'rsatkichlarini baholash bo ‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Tadqiqot natijalari asosida ferraptozni nishonga olgan holda muddatdan oldin tug'ruq xavfini kamaytirish va homila rivojlanishini yaxshilashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.