• Yurakning revmatik kasalligi rivojlanishida zamonaviy qarashlar va uning davolash usullari

  • 891 | 899
  • Author: Xasanjanova F.O
  • Lang: O'zbek
  • Resource type: Uslubiy qo'llanma
  • Number of pages: 57
  • Publishing: Samarqand
  • Year of publication: 2026
  • Published: Samarqand

Book description


Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmada yurak-qon tomir kasalliklarining dolzarb muammolaridan biri yurakning revmatik kasalligi ko’rib chiqiladi. Bu o’quv-uslubiy qo’llanmada yurakning revmatik kasalligining zamonaviy etiopatogenez tushunchalari, diagnostikaning zamonaviy tamoyillari va ushbu tashxis bilan bemorlarni olib borish va davolash algoritmi taqdim etilgan. O’quv-uslubiy qo’llanma klinik kuzatuvlar, shuningdek, yurakning revmatik kasalligi bilan bemorlarni laboratoriya va instrumental tekshirish natijalari asosida yozilgan. 
Muallif yurakning revmatik kasalligi bo’lgan bemorlarni olib borish, tashxis qo’yish, davolash va boshqarish strategiyalariga zamonaviy yondashuvlarni batafsil bayon qiladilar. Taqdim etilgan o’quv-uslubiy qo’llanma "Kardiologiya" (70910205) mutaxassisligi magistrlarni tayyorlash namunaviy va ishchi dasturlariga muvofiq tuzilgan va davlat ta’lim standarti talablariga javob beradi. 
Ushbu metodik tavsiyanomada yurakning revmatik kasalliklariga tegishli muammolar keng yoritilgan. O’quv-uslubiy qo’llanma oxirida talabalarga yuqori malakali shifokorlarni tayyorlashda va bilimlarini mustahkamlashga yordam beradigan o’z-o’zini nazorat qilish uchun test savollari va vaziyatli masalalar berilgan.