Book description
Metabolik sindrom hozirgi kunda yurak-qon tomir kasalliklari, 2-tip qandli diabet va ovqat hazm qilish tizimi patologiyalarining rivojlanishida yetakchi xavf omillaridan biri hisoblanadi, bu esa mazkur muammoning yuqori ilmiy va amaliy ahamiyatini belgilaydi.
Shu nuqtayi nazardan, metabolik sindrom modeli asosida ingichka ichakda kechadigan strukturaviy va funksional o‘zgarishlarni kompleks o‘rganish hamda ularni samarali korreksiya qilishga qaratilgan uslubiy tavsiyanoma ilmiy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega. Mualliflar tomonidan metabolik sindrom modeli sharoitida aniqlangan patologik o‘zgarishlarni korreksiya qilishga qaratilgan yondashuvlar ilmiy asoslangan bo‘lib, ularning mexanizmlari izchil va mantiqiy tarzda tushuntirilgan. Uslubiy tavsiyanomada korreksion ta’sirlarning ichak morfologiyasi va funksional holatiga ijobiy ta’siri puxta dalillar bilan asoslab berilgan. Uslubiy tavsiyanoma dolzarb, ilmiy jihatdan asoslangan, nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda eksperimental va klinik yo‘nalishdagi mutaxassislar uchun foydali manba hisoblanadi