Book description
Ushbu laboratoriya ishi mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma gistologiya fanini o‘rganayotgan 2–kurs talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, to‘qima va hujayralarni mikroskop yordamida o‘rganishga qaratilgan. Laboratoriya mashg‘ulotida gistologik laboratoriyada ishlash uchun kerakli asosiy asbob-uskunalar, mikroskop turlari va ulardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari bilan tanishiladi. Shuningdek, keng qo‘llaniladigan gistologik bo‘yash usullari va tayyor mikropreparatlarni o‘rganish amalga oshiriladi. Laboratoriya ishi davomida talabalar mikroskop orqali preparatlarni kichik va katta ob’ektivlarda ko‘rib, to‘qimalarning asosiy tuzilma elementlarini aniqlashni o‘rganadilar. Mashg‘ulot yakunida esa olingan bilimlarni umumlashtirish, preparatlarni taqqoslash hamda tuzilish va funksiya o‘rtasidagi bog‘lanishni tushunish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Uslubiy qo‘llanma tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 2 kurs talabalariga Gistologiya, sitologiya va embriologiya fanidan laboratoriya ishi mashg‘ulotlarni olib borish uchun tavsiya etiladi.