Book description
Ayollar jinsiy tizimi organizmning eng murakkab va muhim funksional tizimlaridan biri bo‘lib, u nafaqat ko‘payish jarayonini ta’minlaydi, balki gormonal muvozanatni saqlash, metabolik jarayonlarni tartibga solish hamda umumiy fiziologik barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tizim tarkibiga tuxumdonlar, bachadon, bachadon naychalari, qin va tashqi jinsiy a’zolar kiradi. Ayniqsa, tuxumdon ayol organizmida markaziy ahamiyatga ega bo‘lib, unda jinsiy hujayralar – tuxum hujayralar (ovotsitlar) yetiladi va jinsiy gormonlar sintezlanadi.