Book description
Rivojlanayotgan tibbiyot sifatida pediatriyaning mohiyatini toʼrtta keng qismga ajratish mumkin: himoya, taʼminlash, adekvat stimulyatsiya, nazorat qilish va rivojlanish anomaliyalarini erta korrektsiyalash (I.M. Voronsov). Аynan erta bolalikning antenatal davrda, kattalardagi kasalliklarning kelib chiqish ildizlari yotadi va kelajakda sogʼliq shakllanishiga asos solinadi.
Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) nizomida: «Sogʼlik - bu nafaqat kasalliklar va jismoniy nuqsonlarning bo’lmasligi, balki toʼliq jismoniy, aqliy va ijtimoiy tinchlik holati hamdir», deb yozilgan. 1968 yilda JSST tomonidan quyidagicha qabul qilindi: «Salomatlik - bu insonning oʼzgaruvchan sharoitda, uning kasalliklari va kamchiliklari boʼlmaganda ortiqcha yuk va yoʼqotishlarsiz oʼz biosotsial funktsiyalarini bajarish qobiliyatidir. Salomatlik jismoniy, aqliy va axloqiy boʼlishi mumkin».
Bolaning oʼsuvchanligini, rivojlanib borayotganligini hisobga olib, bolalik davrida qoʼllaniladigan "sogʼliq" tushunchasi, shuningdek, bolaning keyingi maqbul rivojlanishini taʼminlash uchun sharoitlar mavjudligini ham oʼz ichiga olishi kerak.