Book description
Ushbu o’quv-uslubiy qo‘llanmada bolalarda asab tizimi kasalliklarining asosiy turlari, ularning etiologiyasi, patogenezi, klinik kechishi hamda tashxislash usullari izchil tarzda bayon etilgan. Shu bilan birga, reabilitatsiyaning zamonaviy yo‘nalishlari, jumladan, davolovchi jismoniy mashqlar, fizioterapevtik muolajalar, massaj, nutqni tiklash mashg‘ulotlari, psixologik yordam va ijtimoiy moslashtirish masalalari keng yoritilgan.
Ushbu o’quv-uslubiy qo’llanmada reabilitatsiyaning turlari haqida asosiy tushunchalar, ularning usullari va ahamiyati keng yoritilgan.