• Ta’lim sohasi kadrlarini kasbiy-pedagogik tayyorlash nazariyasi va metodikasi: akmeologik jihatlar

  • 764 | 799
  • ISBN: 978-9910-588-98-3
  • Author: Xayitova Sh.D.
  • Lang: o`zbek
  • Writing: lotin
  • Resource type: monografiya
  • Number of pages: 140
  • Publishing: Kreativ fikrlash nashriyot matbaa uyi
  • Year of publication: 2026
  • Published: Samarqand

Book description


Mazkur monografiya “Ta’lim sohasi kadrlarini kasbiy-pedagogik tayyorlash nazariyasi va metodikasi: akmeologik jihatlar” mavzusiga bagʻishlangan boʻlib, unda zamonaviy ta’lim tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash jarayonini akmeologik yondashuv asosida takomillashtirish masalalari yoritiladi. Tadqiqotning dolzarbligi ta’lim jarayonining globallashuvi, raqamlashtirilishi hamda pedagog kasbiga qoʻyilayotgan
yuqori kasbiy va shaxsiy talablar bilan belgilanadi.
IIshda kasbiy-pedagogik tayyorgarlikning nazariy asoslari, uning tarkibiy komponentlari (motivatsion, kognitiv, operatsion-faoliyatli, refleksiv-aksiyologik) tahlil qilinadi hamda ularni akmeologik tamoyillar asosida rivojlantirish mexanizmlari ochib beriladi. Akmeologik yondashuv pedagog shaxsining yetuklik bosqichida kasbiy mahoratning eng yuqori darajasiga (“akme”) erishish qonuniyatlari va shart-sharoitlarini
oʻrganishga yoʻnaltirilgan metodologik asos sifatida talqin etiladi.