Book description
Ushbu oʻquv qoʻllanma “Deontologiya. Shifokor va bemor muloqoti” oʻquv dasturiga muvofiq tibbiy deontologiyaning dolzarb masalalariga bagʻishlangan. Darslikda tibbiy etika va deontologiya, zamonaviy jamiyatda shifokorning kasbiy faoliyatining huquqiy ta’minoti; shifokor–bemor tizimidagi asosiy oʻzaro munosabat modellari; yatrogeniya masalalari, shifokor xatosi, ularning sabablari va oldini olish; shifokor sirining mazmuni, uni saqlashni ta’minlovchi huquqiy hujjatlar (Oʻzbekiston va jahon tajribasi) koʻrib chiqiladi.
Shuningdek, bemorlarning hayot va oʻlimga boʻlgan huquqlarini himoya qilishning deontologik jihatlari; onkologiya, psixiatriya, gerontologiya, pediatriya sohalaridagi deontologik yondashuvlarning xususiyatlari; OIV bilan yashovchi va OITS bilan ogʻrigan bemorlar bilan shifokor munosabatining deontologik masalalari yoritiladi.
Transplantologiya, evtanaziya, tibbiy genetika, zamonaviy reproduktiv texnologiyalarning axloqiy jihatlari ham koʻrib chiqilgan. Darslik oliy tibbiyot ta’lim muassasalari 60910100-Stomatologiya, 60910200-Davolash ishi, 60910300-Pediatriya yoʻnalishi 2 bosqich talabalariga tavsiya etiladi.