Book description
Ushbu uslubiy tavsiyanoma Muddatidan oldingi tug’ruq. Muddatidan o’tgan homiladorlik. Tashxislash. Olib borish. Tug’ruq induksiyasi. Uash taktikasi tug’risida tushunchalar, kelib chiqish sabablari, klinikasi, tug’ruqni to’g’ri boshqarish to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
Muddatidan o’tgan homiladorlikda tug’ruqda va tug’ruqdan kеyin ona va xomilada ko’p asoratlar kuzatilib, natijada tug’ruq paytida jarrohlik aralashuvlari va tug’ruqni yakunlovchi opеratsiyalar soni ortadi. Homila kutara olmaydigan va homiladorlikni muddatidan o’tkazib tug’uvchi ayollarni havf guruxiga o’z vaqtida olinganda, ularni o’z vaqtida statsionarga yotqizish va sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazilganda onalar va pеrinatal o’limlarni oldini olish mumkin.
Ushbu uslubiy tavsiyanoma bakalavr talabalari uchun mo’ljallangan. Oxirida dasturlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish uchun savollar, test savollari va ushbu mavzu bo’yicha vaziyatli masalalar va amaliy ko’nikmalar mavjud.