Book description
Mazkur o‘quv qo‘llanmada parodont kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, tashxislash usullari hamda davolash tamoyillari keng yoritilgan.
Qo‘llanmada gingivit, parodontit va boshqa parodont kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning rivojlanish mexanizmlari, klinik kechishi hamda asoratlari zamonaviy ilmiy manbalar asosida bayon etilgan.
Shuningdek, parodont kasalliklarini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy va qo‘shimcha tekshiruv usullari, jumladan rentgenologik, laborator, mikrobiologik va immunologik tekshiruvlarning ahamiyati batafsil tushuntirilgan. Kasalliklarni konservativ va kompleks davolash usullari, mahalliy hamda umumiy davolash vositalari haqida amaliy tavsiyalar keltirilgan.
O‘quv qo‘llanma stomatologiya yo‘nalishi talabalari, klinik ordinatorlar, magistrlar hamda amaliyotchi stomatolog-shifokorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, parodontologiya fanini chuqur o‘rganishda muhim manba hisoblanadi.