Book description
Darslikda bolalar tayanch-harakat a’zolarining nisbatan ko'p uchraydigan turlishikastlanishlari, orttirilgan va tug'ma kasalliklarining sabablari, mexanizmi, klinik manzarasi, tashxislash, konservativ va xirurgik davolash usullari hamda profilaktik chora-tadbirlari batafsil bayon etilgan. Shuningdek, rivojlanayotgan organizm suyaklarining anatomik tuzilishi va o'sish zonalarining paydo bo'lish xususiyatlariga alohida e'tibor berilgan. Dunyoning ilgor rivojlangan mamlakatlarining ilmiy adabiyotlarida yoritilgan davolash - profdaktik tadbirlarning bemorlar uchun xavfsiz va kaminvaziv usullari, Yevropa Osteosintez Assotsiatsiyasi prinsiplari hamda davolash usullari darslikka asos qilib olindi.