• Yangi avlod ionoforlari asosida ion-selektiv elektrodlar yaratish

  • 300 | 937
  • ISBN: 978-66-30-20891-7
  • Author: Abduraхmonova Z.Е
  • Lang: O'zbek
  • Resource type: Monografiya
  • Number of pages: 141
  • Publishing: Samarqand
  • Year of publication: 2026
  • Published: Samarqand

Book description


Monografiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Bugungi kunda dunyoda kimyo-farmatsevtika sanoatining jadal rivojlanishi va barcha darajadagi dorixona tarmoqlarining ortib borishi tufayli dorivor moddalar (DM) analizining tez, aniq va oddiy usullariga ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda. Murakkab namuna tayyorlash va yuqori malakali operator talab qiladigan mavjud qimmat (YuESX, kapillyar elektroforez va b.) usullarni dori vositalarining ommaviy analizi uchun 
qo’llanilishi chegaralangan. Shu sababli, dori tarkibini skrining baholash uchun mos bo’lgan tezkor, nisbatan sodda va iqtisodiy jihatdan arzon usullarni ishlab 
chiqish alohida diqqatga sazovordir. Plastifikatsiyalangan membranali ion selektiv elektrodlar bu muammoning muvaffaqiyatli yechimidir. Bunday elektrodlarni ishlab chiqarish, ishlatish oson va aniqlashning keng konsentratsiya diapazoniga ega. Shu tufayli elektrod faol materiallarning yangi avlodini yaratish va ular 
asosida dori vositalarini aniqlashni ta’minlovchi selektiv elektrodlarni ishlab 
chiqish muhim amaliy ahamiyat ega va dolzarbdir.